URUGʻSHUNOSLIK — urugʻlar toʻgʻrisidagi fan, urugʻchilikning nazariy asosi; agronomiyaning bir boʻlimi. Ekinlar urugʻlarining tuzilishi va rivojlanishini, urugʻlik materialni baholash va uni nazoratdan oʻtkazish usullarini ham ishlab chiqadi. Yovvoyi flora urugʻlarini oʻrganadigan botanik Urugʻshunoslik (karpologiya) va madaniy flora va unga yoʻldosh boʻlgan begona oʻtlar U. gi yoki agronomik Urugʻshunoslikga boʻlinadi. Urugʻshunoslik botanika, biokimyo, genetika va b. fanlar bilan bogʻliq. Urugʻshunoslik boʻyicha yaratilgan birinchi muhim asar nemis botanigi F. Nobbening 1876-y. da eʼlon qilingan kitobi hisoblanadi.
Oʻrta Osiyoda U. Toshkentda Turkiston seleksiya st-yasi tashkil etilgan vaqtdan (1922) boshlab rivojlana boshladi. Urugʻshunoslik va urugʻchilik nazorati ishi birinchi marta shu muassasada mustaqil fan sifatida rivojlandi. A. I. Avtonomov, M. M. Bushuyev, G. S. Zaysev, F. M. Mauyer, I. A. Rodimsev, X. Raximov, S. Muhammadjonov, R. Rudenko va b. U. fani rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
Urugʻshunoslik urugʻlik ekin maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish, urutlarni saralash, zararkunandalardan saqlash, urugʻlik sifatini anikdash, unuvchanlik qobiliyatini oshirish va b. ni oʻrganadi. Urugʻshunoslikning asosiy yoʻnalishlari: urugʻlarning hrsildorlik sifatlarini, ularning biologiyasini oʻrganish, urugʻlikni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish (yana q. Davlat urugʻchilik nazorati).
Ad.: Yigitaliyev M., Muhammadjonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981.