TEXNETSIY

TEXNETSIY (yun. technetos — sunʼiy, lot. Technetium) , Tc — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, at. m. 97,9072. T. ning 20 ta radioaktiv izotopi maʼlum. Texnetsiyni 1937-y. da E. Segre bilan italyan kimyogari K. Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq boʻlgan. Hoz. Texnetsiy yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. Texnetsiyning eng barqaror izotopi —»Ts (T1/2q2,12105 y).

Metall holdagi Texnetsiy jigarrang, uning sirti nam xavoda xiralashadi. Suyuqlanish trasi 2140°. Zichligi 11,5 g/sm3. T. — paramagnit, kimyoviy xossalari jihatidan koʻproq reniyga, bir oz marganesga oʻxshaydi. Birikmalarda valentligi 0 dan 7 gacha (Q2, Q3, Q6, Q7). Texnetsiy suvda va suyultirilgan xlorid kislotada erimaydi, vodorod peroksid bilan ammoniy gidroksid aralashmasida erimasligi jiqatidan reniydan farq qiladi. Zar suvida va nitrat kislotada erib, eritmada pertexnat ionlar (TsO4~) hosil qiladi. Texnetsiy, asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall Texnetsiy NH4Tc04, TcO2, Tc2S7 ni 600—1000° da vodorod bilan qaytarib olinadi. Pertexnatlar korroziya ingibitorlaridir. Texnetsiyning TsO2, TsO3 oksidi xam maʼlum. Texnetsiy 400° da ftor bilan geksaftorid TsGʻ6, xlor bilan geksaxlorid TsS16 hosil qiladi. Texnetsiyning TsO3X, TsOX3 (X — galogen) tarkibli rangli birikmalari, Tc2S7 tarkibli sulfidi, TsS tarkibli karbidi va b. birikmalari, mas., TsS14, TsS12, (TsSO)4X2, Ts (SO)5X, (S5N5)2Ts2 ham maʼlum.

Texnetsiy korroziyaga bardoshli modda boʻlganligi uchun reaktorsozlik va aniq asbobsozlik ishlarida konstruksion material sifatida, suyukdanish trasi yuqori boʻlganligi uchun yuqori trali termoelementlarda ishlatiladi. «Ts yemirilganida unurlar hosil boʻlmaydi. Shunga asoslanib, undan radiometriya va dozimetriyada fS standart sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TEXNETSIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
YER
KIMYO
TEMIR
TITAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты