TEXNIKA

TEXNIKA (techne — mahorat, sanʼat) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni oʻzlashtirishga imkon beradi.

«Texnika» termini biror ish (hunar) yoki sanʼatda qoʻllaniladigan usullarni ham bildiradi (mas., toʻquvchilik T. si, etikdoʻzlik Texnikasi, shaxmat oʻyini Texnikasi va b.).

Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot i. ch. zaruriyati tugʻilishi bilan yangidanyangi Texnika yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy jamiyatga borib takaladi. Umuman Texnika tarixini quyidagi 7 bosqichga boʻlish mumkin: 7 — oddiy i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 2 — murakkabroq i. ch. qurollari va usullari yaratilishi; 3 — odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollari yaratilishi; 4 — manufaktura i. ch. sharoitida mashina T. sining yaratilishi; 5 — ilgʻor mamlakatlarda bugʻ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo boʻlishi; 6 — elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7 — avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik Texnikaning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas., internet)ning rivojlanishi.

Texnikaning evolyutsiya bosqichi ancha uzoqqa choʻziladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik oʻqyoy, loydan yasalgan idishlar, tosh bolta va mis qurollar paydo boʻlgan.

Keyinchalik (mil. av. 4 — 3 ming yillikda) jezdan yasalgan mehnat qurollari vujudga keldi. Keyinroq temir eritish va undan foydalanishga oʻtildi. Xitoyda mil. av. 2357-yillardayoq temir maʼlum edi. Mustahkam mehnat qurollariga boʻlgan talab poʻlat ishlab chiqarish. ga olib keldi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari, charxpalak paydo boʻldi.

Harbiy Texnikada oʻq yoydan tashqari poʻlat qilichlardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik qurilishda turli yuk koʻtarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar yoʻllarini yaqin qilish maqsadida suvdan foydalanish uchun daraxt tanasidan qayiq yasashni oʻrgandilar. Keyinchalik koʻp eshkakli kemalar paydo boʻldi. Toʻqimachilik dastgohlari yaratildi. Keyingi davrlarda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik rivojlandi. Yelkanli kemalar, shamol tegirmonlari yaratildi. Q. h. da gʻildirakli ogʻir va yengil pluglar paydo boʻldi.

15—16-a. asrlarda ancha takomillashgan domna pechlari qurildi. Asosiy dvigatel oʻrnida gidravlik mashinalardan foydalanildi. Bu davrda konchilik, metallurgiya rivojlana boshladi (q. Kon sanoati). Harbiy Texnikada oʻt ochish kurollari, mashina va mexanizmlar paydo boʻldi.

18-a. oxirida bugʻ mashinasi va toʻqimachilik mashinalarining paydo boʻlishi sanoatda inqilobning boshlanishidan darak berdi.

19-a. da bosma mashina, telegraf apparatoʻ, fotografiya, ichki yoʻnuv dvigateli, samolyot, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, t. y. transporta rivojlandi va b. 20-a. da elektr energiyasidan foydalanish kuchaydi, aviatsiya, atom texnikasi, hisoblash texnikasi, elektronika, televideniye, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika va b. taraqqiy etdi. 21-a. boshlaridan axborotlar texnologiyasi (internet, uyali telefon va b.) rivojlana boshladi.

Qanday vazifani bajarishiga qarab, Texnika ishlab chiqarish va ishlab chiqarish. da katnashmaydigan Texnikaga (maishiy xizmat koʻrsatish, i. t., maorif va madaniyat, harbiy, tibbiyot T. siga) ajraladi. Ishlab chiqarish Texnika siga mashinalar, mexanizmlar, asboblar, mashina, texnologik jarayonlar, boshqariladigan apparatlar, sanoat binolari va inshootlari, yoʻllar, koʻpriklar, kanallar, transport, kommunikatsiya, aloka vositalari va b. kiradi. Ishlab chiqarish Texnika sining faol qismi mashinadir. Unga texnologik mashinalar — metallga ishlov berish, qurilish, togkon, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi., toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz tayyorlash mashinalari va b., transport mashinalari — avtomobillar, teplovozlar, samolyotlar va b., konveyerlar, elevatorlar, kranlar va b., nazoratboshqarish va xisoblash mashinalari — elektr mashinalari, ichki yonuv dvigatellari, turbinalar va b. kiradi. I. ch. texnika vositalari orasida energiya hosil qilish va uni bir turdan ikkinchisiga aylantirishga xizmat qiladigan energetika T. sining axamiyati katta. Harbiy Texnika (tanklar, artilleriya, raketa qurilmalari, uchish apparatlari, suv osti va suv usti kemalari va b.) aloxida Texnika vositalari guruhini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish. da qatnashmaydigan Texnikaga maishiy xizmat koʻrsatish Texnikasi (kir yuvish, oshxona mashinalari va b.); transport Texnikasi (yengil avtomobillar, velosipedlar va b.); sport T. si (poyga mototsikllari va b.) kiradi. Ishlab chiqarish. ning tarmoq strukturasiga qarab (mas., sanoat Texnikasi, transport Texnikasi, q. x. T. si) yoki i. ch. ning aloxida struktura boʻlinmalariga qarab (mas., aviatsiya T. si, melioratsiya T. si), baʼzan Texnika aloxida tarmoqlarining tabiiyilmiy asosiga qarab (mas., yadro T. si, sovitish Texnikasi, xisoblash Texnikasi va b.) tasniflanadi.

Unumdorlik, puxtalik va tejamlilik Texnikaning eng muhim koʻrsatkichlaridir. Texnikaning unumdorligi vaqt birligi ichida tayyorlangan (ishlov berilgan, tashilgan va b.) mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Texnikaning puxtaligi zarur miqdorda sifatli mahsulot berish xususiyati yoki texnologik vazifani belgilangan muddatda bajarish bilan ifodalanadi. Texnikaning te jamliligi ishlatiladigan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, yordamchi qurilmalarning tannarxi bilan belgilanadi.

Texnikaning unumdorligi, puxtaligi va tejamliligini oshirish uchun uni takomillashtirib borish, ish jarayonlarini avtomatlashtirish zarur.

Texnikaning taraqqiyot davri Texnika vositalarini yangilash surʼatini yanada tezlashtirish, buyumlarni standartlash va unifikatsiyalash, radiotexnika, elektronika, aviatsiya, kosmonavtika, avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari, hisoblash Texnikasi, axborotlar texnologiyasi va b. rivojlanishi bilan ifodalanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning rivojlanishi avtomat liniyalar va avtomat sexlar, avtomat zdlar yaratishga olib keldi, axborotlar texnologiyalari rivojlandi.

Texnikani rivojlantirish fan va texnika taraqqiyotining muhim shartidir. Texnikani rivojlantirishda fan yutuqlaridan keng foydalaniladi. Hoz. zamon fani, i. ch. ning muhim yutuqlari tabiiy va Texnika fanlari kashfiyotlariga tayanadi. Texnika fan yutuqlari asosida rivojlanib borib, fan oldiga yangi masalalar qoʻyadi. Fan va Texnikaning rivojlanib, ular orasidagi oʻzaro bogʻlanishni taqozo etadi. Texnikaning rivojlanishi mamlaktlarning geografik, iklim sharoiti va b. ga ham bogʻliq. Mac, Buyuk Britaniyada kemasozlik, dengiz va port ishlari Texnikasi, Germaniyada stanoksozlik, togʻkon va metallurgiya Texnikasi, Yaponiyada elektrotexnika va radioelektronika, Shveysariyada anik, asbobsozlik Texnikasi, Finlyandiyada yogʻochtaxta sanoati Texnikasi, AQSH va Rossiyada raketasozlik, kosmonavtika, Oʻzbekistonda gidrotexnika, kibernetika, toʻqimachilik, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi sanoati va b. rivojlangan. Texnika istiqbolida yirik ilmiy-texnika masalalari — insonning Quyosh sistemasidagi sayyoralarga uchishi, jahon miqyosida radio, telegraf, telefon va televizion aloqalarning rivojlanishi, yangi turdagi tibbiyot apparatlari va b. ning yaratilishi va fan yutuqlarini umumlashtirish talab qilinadi. Texnika taraqqiyotiga Arximed, A. Geron, I. Gutenberg, I. Fyodorov, X. Gyuygens, I. P. Kulibin, Leonardo da Vinchi, N. Kopernik, G. Galiley, I. Nyuton, D. Uatt, Ye. A. Cherepanov va M. Ye. Cherepanov, A. Nartov, P. P. Anosov, D. Stefenson, P. Shilling, B. Yakobi, S. Morze, M. Faradey, D. Maksvell, D. I. Mendeleyev, G. Bessemer, R. Dizel, A. F. Mojayskiy, V. Rentgen, A. Eynshteyn, K. E. Siolkovskiy, S. P. Korolyov va b. katta hissa qoʻshgan. Sharqda Texnika taraqqiyoti Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ahmad alFargʻoniy kabi allomalar; keyinchalik Oʻzbekistonda I. F. Belyanskiy va V. P. Grabovskiy (televideniye) kabi ixtirochilar, Oʻzbekistonda FA akademiklari S. Azimov, R. Bekjonov, A. Vohidov, H. Raxmatullin, Oʻ. Rasulov, T. Rashidov, H. Usmonxoʻjayev, H. Fozilov, M. Oʻrozboyev, B. Qobulov, P. Habibullayev, M. Hamidxonov, M. Hojinova va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.

Tursunboy Rashidov, Mirkomil Mirboboyev.


Lotin alifbosida maqola: TEXNIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IBTIDOIY JAMIYAT
FRANSIYA
TOSHKENT
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты