USMON I

USMON I, Usmon Gʻoziy, Usmonbey (1258, Syogut; Eskishahar yaqinida — 1324, Bursa) — turk sultoni (1299— 1324), Usmonlilar sulolasi va Usmonli turk davlatining asoschisi.

Harbiy sarkarda va urugʻ boshligʻi oilasida tugʻilgan. Otasidan harbiy ishni puxta oʻrgangan. 1281-y. da otasi Ertoʻgʻruldan saljuqiylarnmng Koʻniya sultonligita qarashli shim. gʻarbiy chegara hududidagi mulkga ega boʻldi. Bu paytda Koʻniya sultonligi tanazzulga uchrab, bir necha bekliklarga boʻlingan edi. 1289-y. U. I ning bey (bek) (arabcha: amir) unvoni Koʻniya sultoni tomonidan eʼtirof etilib, unga hokimiyat ramzi — nogʻora va bunchuk berilgan. 1291-y. da U. I Melangiyani zabt etgan va poytaxt (qarorgoh)ni bu yerga koʻchirgan.

1299-y. dan Usmon I mustaqil beklik (beylik) hukmdori. Aynan ushbu yildan yangi mustaqil turkiy davlat tashkil topganligi tarixchilar tomonidan eʼtirof qilinadi. Keyinchalik bu beylik oʻz asoschisining nomi bilan Usmon beyligi (bekligi), Usmonlilar davlati deb atalgan. Usmonli turk imperiyasi xam shu nomdan olingan. Usmon I yunonlardan Yor Hisor qalʼasini ham tortib olgan (1299). Usmon I gʻarbda — Vizantiya imperiyasi yerlarini zabt etish evaziga oʻz davlati hududini tobora kengaytirib borgan. Bursani qamal qilib, uning atroflarini egallagan. Usmon I va uning vorisi (oʻgli) — Urxon turkiy qabilalar boshliqlarining qurultoyida beklarbegi (bey) — hukmdorlik unvoniga sazovor boʻlgan. Usmon I davrida oʻgʻuz turklarining qay urugʻi, keyinchalik Usmonli turk sultonligidagi xalklar usmonlilar deb atalgan. Usmon I Bursa sh. da dafn etilgan. Undan 2 oʻgʻil: Alouddin va Urxon qolgan.

Ad.:Erop Gungoʻr, Tarixda turkiy davlatlar, T., 2003; Novichev A. D., Tursiya, Kratkaya istoriya, M., 1965.


Lotin alifbosida maqola: USMON I haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
XITOY
TOSHKENT
USMONLI TURK IMPERIYASI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты