TEXNOLOGIK XARITA

TEXNOLOGIK XARITA — ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, urugʻlik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va b. koʻrsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xoʻjaligi. da qabul qilingan uslubiyat boʻyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boʻyicha bevosita xarajat (sarf)lar, boʻlinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, urugʻlik, ozuqa va b. moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida boʻlinmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.

Texnologik xarita barcha ekin turlari, chorva turlari yoki turdosh ekinlar va chorva mollari guruxlari yoki ayrim ish turlari (oʻtloq va yaylovlarni yaxshilash va b.) boʻyicha tuziladi. Texnologik xaritalarni xoʻjalik mutaxassislari (iqtisodchitashkilotchilar, agronomlar, zootexniklar, muhandismexaniklar va b.) xoʻjalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar. Texnologik xaritalar operativ (muayyan mavsum uchun), yillik (bir yil uchun) va istiqbol (eng ilgʻor progressiv texnologiya va mashinalar sistemasini oʻzlashtirish, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashda yangi usullarni joriy qilish va b. nazarda tutiladi) turlarga boʻlinadi. Fantexnika taraqqiyotining ilgʻor yutuklarini qoʻllashni eʼtiborga olib tuzilgan Texnologik xarita lardan texnika, texnologiyadagi yangiliklarni, oʻzgarishlarni kiritish bilan bir necha yil foydalanish mumkin (yana q. Biznes reja).

Sultan Xolnazarov.


Lotin alifbosida maqola: TEXNOLOGIK XARITA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты