USMON XOʻJA

USMON XOʻJA, Poʻlatxoʻjayev Usmon xoʻja (1878, Buxoro — 1968.28.7, Istanbul) — davlat va jamoat arbobi. Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi. Buxorolik savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan va dastlabki yangi usul maktablaridan birini ochgan. 1908-y. da Istanbulda oʻqigan. 1912-y. boshlarida U. X. Buxoroga qaytgach, «Tarbiyai atfol» maxfiy tashkilotining faol aʼzolaridan biriga aylangan.

1917-y. da U. X. Yosh buxoroliklar partiyasi MK tarkibiga kiritilgan. Kolesov voqeasiaan soʻng, Toshkentda Yosh buxoroliklarning soʻl eserlar guruhini tuzgan (1918-y. apr.). Yosh buxoroliklar partiyasi Turkiston Markaziy byurosining aʼzosi (1920-y. fev.).

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, Usmon Xoʻja BXSR moliya noziri (1920), Davlat nazorati noziri (1921), BXSR Markaziy Ijroiya Koʻmitasining dastlabki raisi (1921-y. avg. — 1922-y. boshlari). Usmon Xoʻja BXSR hukumatining aksariyat arboblari singari Buxoro Respublikasining oʻz milliy armiyasi, milliy hukumati boʻlgan mustaqil respublikaga aylantirmoqchi edi. Usmon Xoʻja BXSRdan sovet Rossiyasining qizil askarlari olib ketilishi hamda Buxoroning mustaqilligi uchun izchil kurashdi. Usmon Xoʻja 1922-y. dan shoʻrolar bilan aloqasini uzib, Kobulga kelgach, Rossiyaga qarshi kurash olib borish uchun BXSR ning davlat boshligi sifatida Afgʻoniston amiri Omonullaxon bilan shartnoma imzolagan (1922-y. 29 apr.). U Buxoroning milliy armiyasi uchun xorijiy davlatlardan qurolyarogʻ sotib olishga harakat qilgan.

U. X. Anqarada Turk Kulturi (Turk Madaniyati) in-tini tashkil qilishda katta jonbozlik koʻrsatgan. Turkiston tarixiga oid koʻplab asarlar, jumladan, «Turkiston» (Istanbul, 1936) risolasining muallifi.

Ad.: Sadriddin Ayni y , Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fayzulla Xoʻjayev, Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997; Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon, Boʻlinganni boʻri yer (Xotiralar), T., 1997; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2 kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Ra jabo v Q., Buxoroga qizil armiya boskini va unga karshi kurash, T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: USMON XOʻJA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YoSh BUXOROLIKLAR
JADIDCHILIK
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты