TESHIKQALʼA

TESHIKQALʼA — ilk oʻrta asrlarga oid yirik qasr xarobasi (mil. 7—8-a. lar). Koraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tuman idagi Burgutqalʼa vohasida joylashgan ilk oʻrta asr meʼmorligi obidasi. Tarhi kvadrat boʻlgan qasr, atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan. Markazda baland paxsa supa ustida koʻp xonali turar joy minorasi qad koʻtargan. Uning devorlariga arkalar bilan bezatilgan yarim ustunlar (kolonnalar) oʻrnatilgan. Devor bilan minora oraligʻiga turar joy xonalari va xoʻjalik ahamiyatidagi binolar qurilgan. Teshikqalʼa 1938-y. S. P. Tolstoye rahbarlik qilgan arxeologik ekspeditsiya tomonidan tekshirilgan. Mato parchalari, sopol idishlar, bezak buyumlari, tangalar topilgan. Ularni oʻrganish afrigʻiylar madaniyatini tadqiq etishda asos boʻlib xizmat qilgan.


Lotin alifbosida maqola: TESHIKQALʼA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
AMALIY SANʼAT
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты