USMONOV Saidmahmud Nuʼmonovich (1929.18.5, Chimkent sh. — 2000.11.3, Toshkent) — agronomiqtisodchi olim, Uzbekistan. Qishloqxoʻjaligi FA akad. (1991), iqtisod fanlari d-ri (1980), prof. (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1979). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1951). SoyuzNIXI da aspirant (1951 — 54), katta ilmiy xodim (195556). Toshkent oliy partiya maktabida oʻqituvchi (1956—58). Oʻzbekiston KP MK q. x. boʻlimi mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi kotibi (1958), Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston KP MK kotibi (1959—61), Kuba hukumati huzurida sovet bosh maslahatchitashkilotchilar guruhi boshligʻi (1962). UzSSR Kishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va tayyorlash vazirining 1oʻrinbosari (1963—64), Oʻzbekiston KP Samarkand viloyat qoʻmitasining 1kotibi (1964— 73), Urta Osiyo q. x. iqtisodiyoti i. t. inti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1973—75), shu int direktori (1976—91). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA ning 1vitse-prezidenti (1991—93) va prezidenti vazifasini bajaruvchi (1993—97). Oʻzbekiston agrosanoat majmuida bozor isloxrtlari i. t. inti maslahatchisi (1997—2000).
Ilmiy ishlari mehnatni iqtisodiy ragʻbatlantirish, qishloqda iqgisodiy islohotlarni takomillashtirish, Oʻzbekiston agrosanoat majmuini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan.
As: Ekonomika selskogo xozyaystva i organizatsiya zagotovok v potrebitelskoy kooperatsii, T., 1968; Qishloq xoʻjalik ekonomikasining aktual masalalari, T., 1987; Semeynыy podryad v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1989; Put ekonomista, T., 2003.