USSURIYSK

USSURIYSK (1898-y. gacha Nikolskoye qishlogʻi, 1926-y. gacha Nikolsk, 1935-y. gacha NikolskUssuriyskiy, 1957-y. gacha Voroshilov) — RF Primorye oʻlkasidagi shahar. Razdolnaya daryosi boʻyida. Vladivostok sh. dan 112 km shimolda. T. y. stansiyasi. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Mashinasozlik va kislorod z-dlari, yengil (tikuvchilik f-kasi, kunpoyabzal birlashmasi), oziq-ovqat (yogʻmoy, shakarqand, un va goʻsht ktlari) korxonalari bor. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, Primorye davlat muzeyining boʻlimi mavjud. Shahar 1866-y. da barpo qilingan.


Lotin alifbosida maqola: USSURIYSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
ROSSIYA
QORAQALPOGʻISTON
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты