TIBET TIBBIYOTI — davolash tizimi: qad. hind va xitoy tibbiyotiga asoslangan. 5—6-a. larda Tibet xududida tarqalgan. Tibet tibbiyotida bemorlar, asosan, oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan (1000 dan ziyod) tayyorlangan dorilar bilan davolanilgan, shuningdek, parhez buyurilgan. Zamonaviy tibbiyot fanida Tibet tibbiyotiga turlicha qaraladi.