USTYURT MAKONLARI

USTYURT MAKONLARI — neolit davriga oid makonlar. Ustyurt platosida joylashgan. SP. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi (1948), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali arxeologiya otryadi (1964) tomonidan oʻrganilgan. 60 ga yaqin makon aniqlangan. Ulardan toshdan yasalgan qurollar, qirgʻichlar, tosh parrakchalar, oʻq uchlari topilgan. Ustyurt makonlari ichida eng yirigi Tempa makoni boʻlib, undan 1300 ga yaqin chaqmoqtosh qurollar chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: USTYURT MAKONLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAQALPOGʻISTON
XORAZM VILOYATI
ETNOGRAFIYA
ARXEOLOGIYA
NEOLIT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты