TIYIN

TIYIN — tanga shaklidagi pul birligi. Qiymati sujning yuzdan bir ulushiga teng. 1994-y. 1-iyuldan milliy valyuta — sum muomalaga kiritilgan kundan boshlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 Tiyinlik tangalar chiqarildi. Tangalar poʻlatdan tayyorlanib, qiymati 1, 3, 5 T. boʻlganlari jez bilan (sariqrangda) va qiymati 10, 20, 50 Tiyin boʻlganlari esa, nikel bilan (oq rangda) qoplangan.

Barcha nominaldagi tangalarning yuzi (aversi) markazida tanganing qiymati va zarb qilingan yili rakamlar bilan koʻrsatilgan, uning tagida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan «TIYIN» soʻzi yozilib, tagiga chiziq tortilgan. Tangalarning orqa tomonida (reversida) Oʻzbekiston Respublikasi gerbi, gerb atrofida 12 ta yulduzcha va doyra boʻylab «Oʻzbekiston Respublikasi» yozuvi tushirilgan.


Lotin alifbosida maqola: TIYIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PUL ISLOHOTLARI
TANGA
TOSHKENT
BUXORO PUL TIZIMI
NIKEL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты