TIYUL

TIYUL, tiul (qad. turkiycha tegmak feʼlidan) — Eron, Ozarbayjon va Armanistonda yer egaligi shakli (15 — 19-a. lar). Movarounnahrda tanho deb atalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy arboblarga oziq-ovqat uchun berilgan maosh T. deb atalgan. 16-a. da Safaviylar davlatipya davlat xizmatchilariga maʼlum hududdan soliq (toʻliq yoki qisman) olish huquqi berilishi Tiyul deb atalgan. 16-a. ning 2yarmidan Tiyul yerni inʼom etish maʼnosida tushunilgan. Tiyul baʼzan maʼlum mansabdorlarga ularning muayyan xizmatni bajarib turgan davrlari mobaynida, boshqa hollarda esa shaxsiy xizmati uchun umrbod berilgan. 18-a. da shaxsiy Tiyullar amalda merosiy mulkka aylanib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: TIYUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ERON
OZARBAYJON
TEMURIYLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты