UTTARPRADESh

UTTARPRADESh — Hindistonning shim. qismidagi shtat. Himolay togʻlarining jan. etagida. Mayd. 240,9 ming km2. Aholisi 166 mln. kishi (2001), aksari qismi hindu va musulmonlar. Asosiy tili — hindi, aholisining bir qismi urdu tilida soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Lakhnau sh. Yirik shaharlari: Agra, Kanpur, Varanasi, Aligarh, Ilohobod.

Yer yuzasi, asosan, tekislik (HindGang tekisligi), 1/5 qismi Himolay togʻlarining jan. tarmoklari (eng baland joyi Nandadevi choʻqqisi, 7816 m). Ikdimi tropik, mussonli iklim. Tekislik qismida may oyida oʻrtacha tra 32°, iyulda 16°. Yillik yogʻin 700 — 1200 mm. Qurgʻoqchilik ham boʻlibturadi. Eng yirik daryolari: Gang va uning irmoqlari. Sugʻorish kanali koʻp. Iyul — avg. da daryolar toʻlib oqadi, baʼzan toshqinlar boʻladi. Haydalmagan yerlarda palmazorlar va butali, seroʻt savannalar bor. Shtat hududining 12% dan ziyod qismi oʻrmon.

Xujaligida q. x. yetakchi. Asosiy ekinlari: sholi, bugʻdoy, dukkaklilar, arpa, shakarqamish, paxta, kunjut, tariq, yer yongoq, kartoshka. Chorvachilikda sut chorvachiligi rivojlangan. Sanoati, asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, qogʻoz, tamaki, aniq priborlar, elektr uskunalari korxonalari, mexanika va t. y. ustaxonalari bor. Agrada shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda gazlama, kalava ip, poyabzal, mebel, zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Shtatda untlar va b. oliy oʻquv yurtlari bor. Uttarpradesh — qad. hind madaniyati markazi. Axrada mashhur Toj Mahal saroyi bor. Turizm rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: UTTARPRADESh haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
TOSHKENT
YER
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты