TILLARNING GENEALOGIK TASNIFI

TILLARNING GENEALOGIK TASNIFI — tillarning kelib chiqishi va qarindoshligini aniklashga asoslangan tasnif. Dastlabki, ilk asos tildan kelib chiqqan tillar oʻzaro qarindosh tillar hisoblanadi (mas., hoz. 20 dan ortiq turkiy tillar dastlabki kad. turkiy tilning, hoz. slavyan tillari esa dastlabki umumslavyan tilining makon va zamondagi variantlaridir). Tillarning genetik qarindoshligi tillar oʻrtasidagi fonetik, grammatik va leksik uxshashliklar tizimini aniklash orqali belgilanadi. Tillarning genealogik tasnifining ilk manbalari, asoslari sifatida M. Koshgʻariyning turkiy (lahjatil)lar boʻyicha, bir qancha arab olimlarining som tillari boʻyicha izlanishlarini koʻrsatish mumkin. Tillarning genealogik tasnifining maydonga kelishi qiyosiytarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishi (19-a.) bilan bogʻliq. Bu tasnifda qarindosh tillar kichik guruhchalarga, guruhlarga, oilalarga, baʼzan esa undan kattaroq birliklarga — makrooilalarga yoki til formatsiyalariga (mas., uraloltoy tillari) birlashtiriladi (mas., T. g. t. ga koʻra, oʻzbek tili turkiy tillar oilasining sharqiy guruhiga, rus tili esa hindevropa tillari oilasining slavyan guruhidagi sharqiy slavyan guruhchasiga mansub). Aksariyat tillarni genealogik jihatdan tasnif qilish va ularni u yoki bu oilaga kiritish koʻpincha munozarali boʻladi. Mas., Kavkaz tillari oilasining mavjudligini hamma olimlar ham tan olgan emas (yana q. 7mllar tasnifi. Lingvistik geografiya. Tillarning morfologik tasnifi).

Ad.: Benvenist E., Klassifikatsiya yazыkov [V kn.: Novoye v lingvistike, voʻp. 3], M., 1963; Teoreticheskiye osnovы klassifikatsii yazыkov mira, ch. 1—2, M., 1980—82; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazыkovedeniye, M., 1998.

Abduvahob Madvaliyev.


Lotin alifbosida maqola: TILLARNING GENEALOGIK TASNIFI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK
JAHON TILLARI
TILSHUNOSLIK
TURKIY TILLAR
TILLAR TASNIFI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты