UCHMA

UCHMA, otashak (Ceratocephalus Moench.) — ayiqtovondoshlarga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi — toʻgʻritumshuq Uchma (Ctesticulatus (Crants) Bess.) va ilmoqtumshuq Uchma (S. falcatus (L.) Pers.) oʻsadi. Toʻgʻritumshuq Uchma poyasi 1—7 sm, ilmoqtumshuq Uchmaning boʻyi 3—10 sm, tumshugʻi qayrilgan. Bargi panjasimon kambar boʻlakchali, ildiz boʻgʻzida joylashgan. Guli sariq. Mevasi tumshuqsimon oʻsimtali, poya uchida boshoqqa oʻxshab toʻplangan. Urugʻi kuzdagi birinchi yomgʻirdan keyin unib chiqadi; mart — apr. da gullab urugʻlaydi. Uchma choʻl va adirlardagi oʻtloqlarda, ekinlar orasida koʻp uchraydi. Tarkibida zaharli modda bor. Toʻgʻritumshuq uchma, Uchmadan koʻpincha qoʻy va echkilar zaharlanadi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan.


Lotin alifbosida maqola: UCHMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ulug'bek Ismailov - Guli
BEGONA OʻTLAR
Izzatbek Qo'qonov - Guli
YER
ILDIZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты