TIMPANAL ORGANLAR

TIMPANAL ORGANLAR (yun. tympanon — timpan — nogʻora) — hasharotlar (toʻgʻri qanotlilar, jizildoqlar, ayrim kapalaklar, toʻrqanotlilar)ning ovoz chiqarish organlari; oʻz turi va ayrim yirtqichlar (mas., koʻrshapalaklar exolokatsiya) signallarini qabul qiladi. Timpanal organlar timpanal membranalar va ularga yoki traxeyalarga birikkan sezgir xordotonal sensillalardan iborat. Ular soni 2—4 dan (tangachaqanotlilar) bir necha oʻnta (toʻgʻriqanotlilar), hatto bir necha yuztagacha (jizildoqlar) boʻladi. Timpanal organlar oldingi oyoqlarning boldir qismida temirchaklar, chirildoklar, buzoqboshilar, koʻkrakda (suv qandalalari) yoki qanotlarda (toʻrqanotlilar) joylashgan. Toʻgʻri qanotlilar T. o. i 0,2 — 100 kGs, jizildoqlar 0,2—20 kGs, tangachaqanotlilar 1—240 kGs chastotali diapazondagi tovushlarni qabul qiladi. Timpanal organlar eshitish organi boʻlgan hasharotlarda yaxshi rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: TIMPANAL ORGANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ESHITISH
TOSHKENT
YER
KAPALAKLAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты