TINTIKIT

TINTIKIT (AQSHning Yuta shtatidagi Tintik degan joy nomidan) — mineral; temir, fosfor va suv birikmalaridan tarkib topgan. Tabiatda kam uchraydi. Tintikit 1963-y. Oʻzbekiston gʻarbi (Qizilqum)da topilgan va oʻrganilgan. Ushbu Tintikitning rentgenogrammasi Yuta shtatidagi Tintikit nikiga yakin. Uning koʻrinishi gil minerallarni eslatadi. Kimyoviy tarkibi Gʻye3[(ON)3(RO4)2]ZN2O, unda Gʻye,O3 48,18%, R2O530,7%, N2O 19,51%, A12O3 1,48%, Na2O5 0,08%, K2O 0,03% mavjudligi aniqlangan. Rangi oqsariq, yashil tusli. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2,8 g/sm3, yalab koʻrilsa tilga yopishadi. Tintikit gipergen mineral boʻlib, limonitlashgan gematitda 5 sm gacha boʻlgan tomirchalar shaklida, oksidlanish zonasidagi oltinsurma ruda namoyonlarida vujudga keladi. Tintikit gepatit, natroyarozit, alunit, oltin bilan assotsiatsiyada uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: TINTIKIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
TOSHKENT
TEMIR
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты