USHR

USHR, ashur, ashar (arab.) —1) oʻndan bir ulush;

2) daromadning oʻndan biri hisobidan olinadigan soliq turi. Musulmon mamlakatlarida natura shaklida (baʼzan pul bn) undirilgan. Ushr soligʻi har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va b. dan olingan. Dastlabki davrlarda sayyidlar, yirik musulmon ulamolari, shuningdek, ayrim amirlar hamda «islom lashkariga oʻz ixtiyori bilan taslim boʻlgan» hududlar aholisidan undirilgan. Ushr olingan yersuv «mulki ushuriya» deb atalgan. Turli davrlarda Ushr shakli mahalliy shartsharoitga koʻra oʻzgargan. Mac, Usmonli turk saltanatida — iqtoʼ, dimos, oʻnli, oʻntalik, salariyʼa, Eron, Buxoro amirligi va b. joylarda — daxyak deb yuritilgan. Oʻrta asrlarda (qisman yangi davrda). Ushr miqdori ba/zan dehqon daromadining 10% dan yarmigacha qismini tashkil etgan. Keyinchalik yangicha daromad soligʻi joriy etila boshlagach, Ushr deyarli hamma joyda (1918-y. Jazoirda, 1925-y. Turkiyada, 1935-y. Tunisda) bekor kilingan. Ammo ayrim musulmon davlatlari (Saudiya Arabistoni, Yaman Arab Respublikasi va b.)da hozir ham mavjud. Oʻrta Osiyoda 20-a. boshigacha boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: USHR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
ISLOM
TOSHKENT
TEMURIYLAR
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты