TIOEFIRLAR

TIOEFIRLAR, dialkil yoki diaril sulfid, RSRGʻ — oddiy efirlarning sulfidli analoglari (R va R1 uglevodorod radikallari). Quyi alifatik Tioefirlar efir hidli rangsiz suyuqliklar, suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilsulfid, dietilsulfid, dipropilsulfid, diizopropilsulfid, dibutilsulfid, difenilsulfid, etilensulfid, tetrametilensulfid (tiofan) va b. T. jumlasidandir. Ularning suyuqlanish, qaynash trasi va zichligi turlicha. Simmetrik alifatik Tioefirlar baʼzan sulfidli alkillar deb xam ataladi, ular anorganik sulfidlarni alkillab olinadi. Aralash Tioefirlar merkantidlarni alkillab olinadi. Tioefirlar motor yonilgʻilari, surkov moylari va lateksga antioksidant, stabilizator sifatida qoʻshiladi. Baʼzi Tioefirlar dorivor moddalar, boʻyagichlar, detergentlar, erituvchilar sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TIOEFIRLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMIR
YER
DORIVOR OʻSIMLIKLAR
TITAN
EFIR MOYLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты