TITANIYA — Uran sayyorasining yirik yoʻldoshlaridan biri. Diametri 1580 km, sayyoradan oʻrtacha uzokligi 435,9 ming km. Uran atrofini taxm. 9 sutkada aylanib chiqadi. Titaniya orbitasining tekisligi Uran orbitasi tekisligi bilan deyarli perpendikulyar. T. yuzasida koʻplab kraterlar va tektonik yoriklar mavjud. 1787-y. da ingliz astronomi V. Gershel kashf etgan (yana q. Sayyoralar yoʻldoshlari).