VAGON

VAGON (ing. waggon — arava) — t. y. izlarida yoʻlovchilar va yuklarni tashishga moʻljallangan transport vositasi. Birinchi marta 18-a. da Angliya, soʻngra Germaniyada paydo boʻlgan. Dastlabki Vagon yogʻoch izlarda qoʻlda yoki ot bilan tortilgan yashik boʻlgan. Vagonning keyingi taraqqiyoti Angliyada choʻyan izlar-ning qurilishi bilan bogʻliq. Bu izlarda Vagon ot b-n tortilgan. Keyinchalik texnikaning rivojlanishi bilan Vagon lardan Vagonlar majmui (sostavi) tashkil etila boshlandi. Vagonning yoʻlovchilar va yuklar tashiladigan, magistral va sanoat transporti uchun moʻljallangan, keng va tor izda yuradigan xillari boʻladi. Odatda, Vagonlar oʻzicha harakatlanmaydi, lokomotiv, parovoz va teplovoz tortadigan poyezdlar tarkibida harakatlanadi. Motori va boshqarish kabinasi boʻlgan tramvay, metropoliten V. lari va maxsus Vagonlar oʻzi harakatlanadigan Vagon larga kiradi. Yoʻlovchilar tashiladigan Vagon larning turlari: yoʻlovchilar, pochta, bagaj va b. tashiydigan, shuningdek maxsus (sanitariya, Vagon klub, laboratoriya va b.) V. larga boʻlinadi. Yuk V. larining asosiy turlari: yopiq, yarim vagon, platforma, sisterna, izotermik va maxsus Vagonlar (ogʻir va katta hajmdagi yuklar tashiladigan Vagon avtomobil, chorva mollari, sement, transportyorlar va b. tashiladigan, shuningdek t. y. ga xizmat qiladigan — V. usta-xonalar, oʻt oʻchirish poyezdlari va b.) ga boʻlinadi. Har qanday Vagon yurish kis-mi, rama, tortish moslamasi, kuzov, avtomat va qoʻl tormozlaridan iborat.

Yurish qismidagi ressora va pruji-nalar harakat vaqtidagi silkinishlarni, zarbalarni yumshatadi. Vagon ramasi kuzov asosini tashkil qiladi, barcha kuchlar shu ramaga tushadi. Tortish moslamasi Vagonlarni bir-biriga yoki lokomotivga ulashga imkon beradi. Vagonlarni yasashda zanglamaydigan pishiq poʻlat, mustahkam . alyuminiy qotishmalari va polimer materiallar ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: VAGON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
POCHTA ALOQASI
LOKOMOTIV
FRANSIYA
TEMIR YOʻL TRANSPORTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты