TITRIMETRIK ANALIZ — aniqlanayotgan modda mikdorini shu modda bilan oʻzaro reaksiyaga kirishish uchun sarflangan reaktiv mikdoriga qarab anikdashga asoslangan mikdoriy analiz usuli (yana q. Hajmiy analiz). T. a. da aniklash uchun vazniy analizga karaganda kam vakt sarflanadi. Bundan tashqari, Titrimetrik analizda kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaksiyalarni ham aniklash mumkin. Titrimetrik analizning barcha anik,lash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning mikdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda mikdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgacha oʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analizda ahamiyati muhim.
Aniklash usuliga koʻra, toʻgʻri (bevosita), qoldikli, bilvosita va differensial T. a. farklanadi. Koldikdi usul aniklanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda suyet kirishganda qoʻllanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.
Kimyoviy reaksiyalar jarayoniga qarab. Titrimetrik analiz kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleksometriya, choʻkmaga tushirish usullariga; titrlashning oxirgi nuqtasini indikatsiyalash usuliga kura, rangli indikator, potensiometrik, ampermetrik, konduktometrik titrlashga boʻlinadi.