VAYSHESHIKA

VAYSHESHIKA (sanskritcha vishesha — alohida, oʻziga xos) — hind falsafasidagi vedalarni eʼtirof etuvchi 6 anʼanaviy tizimdan biri. Asoschisi Kanada ismli shaxe deb taxmin qilinadi. Uning asari «Vaysheshikasutra» (1-ming yillikning 1-yarmi) deb ataladi. «Padartxadxarma-sangraxa» asari, Jayanarayanning «Vivriti» (17a.) asari «Vaysheshikasutra»ga yozilgan sharh hisoblanadi. Buddizmta qaramaqarshi oʻlaroq, narsalar tushunchalar b-n birgalikda mavjud deb hisobladi. Vaysheshika qad. hindlarning tabiiy-ilmiy dunyoqarashlari bilan bogʻliq. Vaysheshikaning koinot haqidagi nazariyasiga koʻra. u suv, tuproq, nur, havodan tarkib topgan. Vaysheshikaning atomistik nazariyasi qad. moddiyunchilik taʼlimotini yanada rivojlantirganligidan guvohlik beradi. Vaysheshika taʼlimoticha, barcha mavjud narsalar 6 tushunchada oʻz ifodasini topa-di: javhar, sifat, harakat, umumiylik, xususiylik va mansublik. Sutralarning sharxlovchilari bunga 7-tushuncha — inkor yoki mavjud boʻlmaslikni ham qoʻshadilar. Vaysheshika tizimida asosiy tushuncha javhar boʻlib, narsalar mohiyatini ifodalaydi. Javharlar narsa va ashyolarning oʻziga xosligi va sifatlarini belgilaydi. Kanada javharlarning 17 xususiyatini, Prashastapada 24 sifatini sanab oʻtadi. Javharlar harakat va faollikka egadirlar. Vaysheshika taʼlimotida atom doimiy, oʻzgarmas zarra boʻlib, moddiy jismlarning oxirgi boʻlinish chegarasidir. U aylanma shaklga ega, zamonlar oʻtishi bilan ham oʻzgarmaydi. Atomlar oʻz tabiatlariga koʻra sokin boʻlib, ularni harakatga keltirish tashqi turtkiga bogʻliq. Koʻrinmas kuch — adrishta atomlarni harakatga keltiradi. Xudo jahoniy ruh — Brahmanni yaratgan. U koinotni yaratmagan boʻlsa ham, ammo uni idora qiladi. Muhammadjon Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: VAYSHESHIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
BERUNIY
HINDISTON
KANADA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты