VAKUOLALAR

VAKUOLALAR (frans. Vakuole, lot. vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadigan boʻshliq. Bir hujayralilarda ferment bilan toʻlgan hazm qilish Vakuolalari, osmoregulyatsiya va ayirish funksiyasini bajaruvchi, qisqaruvchi Vakuolalar, koʻp hujayrali hayvonlar hujayrasida esa ikkilamchi lizosomalar guruhiga mansub va oʻzida gidrolitik ferment saqlovchi, hazm qiluvchi va avtofaglovchi Vakuolalar boʻladi.

Oʻsimlik hujayralarida Vakuolalar — endoplazmatik toʻrning hosilasi boʻlib, birmuncha shaffof membranotonoplast bilan oʻralgan. Oʻsimliklardagi Vakuolalar sistemasi — vakuom yosh hujayralarda naylar va pufaklar sistemasidan iborat. Hujayra oʻsib, ixtisoslasha borishi bilan Vakuolalar ham yiriklasha boradi va hujayra umumiy hajmining 70—95% gacha qismini egallab oladi. Vakuolalar shirasi (rN darajasi 2—5 ni tashkil etadi) tarkibida erigan anorganik (fosfat, oksalat), organik birikmalar (qand, aminokislotalar, oqsillar) va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari (taninlar, glikozidlar, alkaloidlar), ayrim pigmentlar (mas., antotsianinlar) boʻladi. Vakuolalar hujayradagi suv-tuz al-mashinuvini boshqaradi; hujayraning turgor holatini saqlaydi; quyi mole-kulali suvda eriydigan metabolitlar va zaxira moddalarni toʻplaydi; moddalar almashinuvida hosil boʻladigan zararli moddalarni hujayradan chiqa-rib tashlaydi va boshqa baʼzi funk-siyalarni bajaradi.


Lotin alifbosida maqola: VAKUOLALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HUJAYRA
OSMOREGULYATSIYA
OVQAT HAZM QILISH
ENDOPLAZMATIK TOʻR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты