VAKUUM NASOSI

VAKUUM NASOSI — vakuum hosil qilish va uni tutib turish maqsadida berk hajm (idish)dan gaz (havo) yoki bugʻni soʻrib oladigan qurilma. Gaz (havo)ni tashqariga chiqarib tashlaydigan oqimli hamda gaz (havo)ni yutadigan sorbsion xillari boʻladi. Oqma V. n. oʻz navbatida mexanik va oqimli xillarga boʻlinadi. Mexanik Vakuum nasosiga plastinka-rotorli, plastinka-statorli, zolotnikli, moyli forvakuumlar va molekulyar Vakuum nasosi kiradi. Moyli forvakuumlar yordamida gaz (havo) qisiladi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Molekulyar Vakuum nasosi da. gaz molekulalariga harakat yoʻnalishida qoʻshimcha tezlik beriladi. Oqimli Vakuum nasosida gaz (havo) suyuqlik, gaz yoki bugʻ oqimi taʼsirida chiqib ketadi. Sorbsion Vakuum nasosi kriogen (past t-rali) seolitli, sublimatsion (q. Sublimatsiya) va ionli Vakuum nasosiga boʻlinadi. Kriogen Vakuum nasosida juda past t-ragacha sovitilgan gaz sirtda toʻplanadi. Seolitli Vakuum nasosida gaz molekulalari sovitilganda seolitga yutiladi. Sublimatsion Vakuum nasosida gaz (changlangan) metall (mas., titan) plyonkala-ri qoplangan sirtlarga yutiladi. Ionli Vakuum nasosining ishi gazni kuchli elektr razryadi bilan ionlash va ionlashgan molekulalarning titan qoplangan sirtga yutilishiga asoslangan. Vakuum nasosi metallurgiya, energetika, elektronika, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VAKUUM NASOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KRIOGEN TEXNIKASI
FIZIKA
TOSHKENT
NASOS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты