VAKUUM-YOYLI PECh

VAKUUM-YOYLI PECh — metallarni vakuumda elektr yoy energiyasi hisobida eritadigan elektr qurilma. Gaz-razryadli tizim boʻlib, bunda yoy qayta eritiladigan metall bugʻlarida mavjud boʻladi. V.-yo. p. ning quymalarni mis kristallizatorlarda eritadigan, garnisajsa eritish yoʻli bilan metallardan shakldor quymalar oladigan; elektrodi sarflanadigan va elektrodi sarflanmaydigan xillari bor. Pechga oʻzgarmas tok yuborilganda elektr yoy hosil boʻlib, metallni vakuumda suyuqlantiradi. Har xil metallni eritishda turlicha bosimli vakuum qoʻllaniladi. Mac, poʻlat eritishda 0,1—1 Pa, titan eritishda 1—10 Pa, molibden eritishda 0,01—0,1 Pa vakuum hosil qilinadi. V.-yo. p. da poʻlat eritishda undagi qoʻshilmalar 2—3-martaga kamayadi, yirik qoʻshilmalar butunlay yoʻqoladi, azot konsentratsiyasi 30—35% ga, kislorodniki —2—3-martaga, oltingugurt 20% ga kamayadi.


Lotin alifbosida maqola: VAKUUM-YOYLI PECh haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TITAN
VAKUUM PECh
ROSSIYA
METALLARNI ISHLASH
VAKUUMDA QUYISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты