VAKUUM PECh

VAKUUM PECh — kiyin eriydigan metall va qotishmalar eritiladigan pech. Induksion, elektr yoyli, elektron-nurli, plazmali xillari bor. Induksion pechlarda quymalar va murakkab shaklli quyma detallar olinadi. Induksion pech induktorlari vakuumli eritish kamerasiga nisbatan ichkariga yoki tashqariga joylashgan boʻladi. Induktorlari tashqarida joylashgan pechda eritish jarayonini induktorni surish yoʻli bilan boshqarib turish mumkin. Induktorlari ichkarida joylashgan pechning tigeli ancha chidamli boʻlib, induktor qoʻzgʻatilmaydi. Elektr yoyli pechlarda metall va qotishmalar elektr yoyi hosil qiladigan issiqlik hisobiga eritiladi. Elektron-nurli Vakuum pechda elektron nurli, plazmali ish jismi hisoblanadi. Vakuum pech metallni gazlar, turli aralashmalar, nometall qoʻshilmalardan samarali tozalashga imkon beradi; u juda toza metall olishda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VAKUUM PECh haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
INDUKSION PECh
TOSHKENT
VAKUUM-YOYLI PECh
YOY PECHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты