INDUKSION PECh — metallarni suyultirish uchun moʻljallangan elektrotermik qurilma. Asosan, tigelli va kanalli Induksion pechlar qoʻllanadi.
Tigelli Induksion pech mis naychalardan qilingan solenoiddan iborat boʻlgan induktor va tigeldan tashkil topadi. Ochiq, vakuumli, gaz toʻldirilgan va kompression xillari bor. Suyultiriladigan materialga qarab, tigel keramik materiallar, grafit, poʻlat va h. k. dan tayyorlanadi. Hajmi bir necha kg dan bir necha t gacha. Pech past, oʻrta va yuqori chastotali tok bilan ishlaydi. Tigelli Induksion pechda poʻlat, choʻyan, mis, alyuminiy, magniy va qimmatbaho metallar suyultiriladi.
Kanalli Induksion pechning asosiy qis-mlari: eritish vannasi, magnit oʻzak, induktor, tub toshi. Bunday Induksion pechda elektr utkazuvchi modda bilan tuldirib turiladigan kanalda elektromagnit energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Unda rangli metallar va ularning qotishmalari, choʻyan suyultiriladi. Hajmi bir necha yuz kg dan bir necha t gacha. Kanalli Induksion pech sanoat chastotasidagi tok bilan ishlaydi. Induksion pech larda induksion qizdirish, yaʼni uzga-ruvchan elektromagnit maydon taʼsirida vujudga keladigan elektr toki bilan qizdirish usulidan foydalaniladi.