TOJIYEV Toʻlqin Joʻrayevich

TOJIYEV Toʻlqin Joʻrayevich (1936. 13.4, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1959). 1959—96 y. lar Hamza teatrida aktyor. Asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N. Gogol, «Revizor»), Edgar, Yago (U. Shekspir, «Qirol Lir», «Otello»), Mansur va Jomiy (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Orif (I. Sulton, «Imon»), Abdullatif (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Jontoy (Ch. Aytmatov, «Sarvqomat dilbarim») va b. Yago — uning sahnadagi eng murakkab, ayni vaqtda eng muvaffaqiyatli rollaridan biri. U yaratgan obrazlarida har bir qahramonga xos xarakter, uning tashqi koʻrinishi va ichki kechinmalarini ochib berishda aktyor mahoratining barkamolligi koʻzga tashlanadi. Chuqur psixologik talqin, ijtimoiy xarakterning oʻtkirligi, yorqin milliy kolorit T. ijodiga xos. Tojiyev kinodagi rollari bilan ham tanilgan: Jurjoniy («Abu Ali Ibn Sino»), Hakim («Ikkinchi bahor»), Mahmud («Mahallada duvduv ran»), Quddus («Besh ogʻaynilar»), Omon («Bu yerdan chegara oʻtadi», 3 kismli), Togʻayev («Siz kimsiz?»), Qodirov («Qora baliq izi», besh qismli, «Lenfilm»), Hasanov («Hayot sening qoʻlingda») va b. T. dublyaj sanʼati ustalaridan. Radiola «Tabassum» eshittirishi, «Qarmoq» satirik radiojurnalining boshlovchisi sifatida tanilgan. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).


Lotin alifbosida maqola: TOJIYEV Toʻlqin Joʻrayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
ALISHER NAVOIY
IBN SINO
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты