TOZABOGʻYOP MADANIYATI

TOZABOGʻYOP MADANIYATI — Xorazmdagi jez davriga oid arxeologik madaniyat (mil. av. 2ming yillik oʻrtalari va 2yarmi). Tozabogʻyop kanali nomi bilan atalgan. 1938-y. S. P. Tolstov ushbu kanal yaqinidan bu madaniyatga oid manzilgoxlarni topgan. Keyinchalik Ya. Gʻulomov, M. A. Itina, A. Asqarovlar oʻrgangan. Tozabogʻyop madaniyati Jan. Orolboʻyi hududida mahalliy (Suvyorgan madaniyati aholisi) va Jan. Uraloldidan kelgan (yogʻochband madaniyati va Andronovo madaniyati aholisi) qabilalar aralashuvidan shakllangan. Kelgindi qabilalar taʼsiri antropologik tiplarda (mas., Koʻkcha—3) va tozabogʻyopliklarning moddiy madaniyatida koʻzga tashlanadi. Ular tomi qamish bilan yopilgan kulba va yertulalarda yashaganlar. Tozabogʻyop madaniyati Amudaryo deltasi, Quyi Zarafshon va Qayroqqum choʻl zonasida tarqalgan. Bu xududlardan yuzlab makon va 10 ga yaqin qabriston aniqlangan. Asosiy mashgʻulotlari — sugʻorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik, mehnat va xarbiy qurolaslahalar jezdan, baʼzan toshdan yasalgan. Oybolta quyish uchun tayyorlangan qoliplar topilgan. Tuvaksimon sopol idishlarning tagi yassi, qoʻlda yasalgan, oʻyma va qolipli geometrik naqsh berilgan. Tozabogʻyop madaniyati kishilari urugʻchilik jamiyatida yashaganlar, matriarxat anʼanalari saqlangan.

Ad.: Tolstov SP., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962.


Lotin alifbosida maqola: TOZABOGʻYOP MADANIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM
OʻZBEKLAR
JEZ DAVRI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты