VALDENBERG Isaak Yakovlevich

VALDENBERG Isaak Yakovlevich (1906.11. 10, Ukraina – 1965. 3.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Kiyev rassomlik in-tini tugatgan (1930). 1938-y. dan Toshkentda. D. V. Ushakov bilan ijodiy hamkorlikda ishlab, Toshkent teatrlari uchun dekoratsiya va libos chizgilari yaratgan: Hamza teatrining «Otello» va «Yuliy Sezar» (1941, 1959) spektakllariga sahna bezaklari chizgilari, «Qonli sarob» (1964), «Sarvqomat dilbarim» (1964) spektakllari, Gorkiy nomidagi rus drama teatrining «Jorj Danden» (1957), «Hammom» (1957) spektakllariga dekoratsiya va libos chizgilari va b. V. ijodi teatr rassomligi rivojida dekoratsiya va liboslardagi naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol oʻynadi.


Lotin alifbosida maqola: VALDENBERG Isaak Yakovlevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
TOSHKENT
ROSSIYA
TEATR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты