VANADATLAR

VANADATLAR — vanadiy (V) – oksid (V2O5) hosilalari boʻlgan. erkin holda ajratib olinmagan yoki beqaror ortovanadat H3VO4, pirovanadat H4V2O7, metavanadat HVO3, dekavanadat H6VinO2g, dodekavanadat H2V|2O31 va b. polivanadat kislotalarning tuzlari. Vanadatlarga vanadiy (1U)-oksid (VO2) hosilalari boʻlgan, erkin holda mavjud boʻlmagan H2V4O9, H4V2O6 va b. kislotalarning tuzlari ham kiradi. Ikkilamchi va uchlamchi qoʻsh V., jumladan granat strukturali ortovanadatlar — Na3Cr2V3Ol2, LiCa,Mg2V3Ol2 ham maʼlum. Tabiatda Vanadatlar pintadoit Ca2V2O7-9HjO, rossit Sa (VO3)2-4H2O, pkkoit Ca3V,0O21(17H2O minerallari holida ham uchraydi. Vanadiy (U)-oksid ishqorda eritilganda Vanadatlar hosil boʻladi. Vanadatlar vanadiy i. ch. da muhim rol oʻynaydi [eritmadan (CaVOj)2 va NH4VO3 shaklida ajratib olinadi]. V. lazer materiallar, lyuminoforlar, siyoh komponentlari, katalizatorlar i. ch. da, ip gazlama va ipakni boʻyashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VANADATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ВАНАДАТЛАР
LAZER
VANADIY OKSIDLARI
YER
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты