VATERPAS (gollandcha Waterpas) — gorizontallikni tekshirish va kichik qiyalik burchaklarini oʻlchash uchun ishlatiladigan oddiy asbob. Shovun osilgan tik (vertikal) yogoch (yoki plastmassa) ustuncha. Ustuncha tagiga asos (brus) mahkamlanadi. Yer tekislash ishlari, duradgorlik va b. da ishlatiladi (yana q. Adilak, shayton).