TOSHKENT YOGʻMOY KOMBINATI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT YOGʻMOY KOMBINATI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — yirik yogʻmoy korxonalaridan biri, «Yogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibida. Paxta chigitini qayta ishlash negizida margarin, oziq-ovqat yogʻlari, konditer maxsulotlari tayyorlash uchun ishlatiladigan yogʻlar, qadoqlangan va salat yogʻlari, mayonez, tozalanmagan yogʻ, salomas yogʻi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish. ning ikkilamchi mahsulotlari — shulxa va kunjarani chorvachilik xoʻjaliklariga sotadi.

Korxonaning margarin ishlab chiqaruvchi 1navbati 1965-y. da, paxta yogʻi ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarish. quvvati sutkasiga 360 t chigit ) 2navbati 1971-y. da foydalanishga topshirildi. 1992-y. yillik quvvati 22,4 ming t boʻlgan quyma margarin zdi qurib ishga tushirildi. 1994-y. da korxona ochiq turdagi «Toshmaryogʻ» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 2003-y. dan aksiyalarining 62,4%ini sotib olgan Lixtenshteynning «Beglan investmen» kompaniyasi ishtirokidagi qoʻshma korxona. 2003-y. dan korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini yaxshilash uchun chetdan palma, kokos, kungaboqar, soya yogʻlari sotib oladi.

2003-y. da 19901 t oziq-ovqat salomasi, 17650 t margarin mahsulotlari, 25 t mayonez, 786 t qadoqlangan moy, 3447 t oʻsimlik yogi ishlab chiqarildi. Mahsulotlari eksport qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT YOGʻMOY KOMBINATI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YOGʻMOY SANOATI
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты