VEBER

VEBER — aka-uka nemis olimlari; 1) Ernst Genrix (1795-1878) – nemis anatomi va fiziologi. Leypsig un-ti prof. (1818). Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Sezgi aʼzolari (eshitish, koʻrish, teri sezgilari) fiziologiyasi sohasidagi i. t. ishlari Veber-Fexner qonuniga asos boʻldi;

2) Vilgelm Eduard (1804 — 1891) — nemis fizigi. Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1863). Ilmiy ishlari elektr va magnetizm hodisalariga oid; K. F. Gauss bilan hamkorlikda elektr va magnit birliklari mutlaq tizimini ishlab chiqqan. Magnit oqimining birligi uning nomi bilan ataladi. Veber elektr zaryadi va modda elektr tuzilishi uzluklilik xarakteriga ega ekanligi haqidagi gipoteza mualliflaridan biri. Harakatdagi zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini kashf qilgan. Bir qancha oʻlchov asboblarini (mas., magnit induksiyasi oqimini oʻlchaydigan asbobni) yasagan, Germaniyadagi birinchi telegrafii kurgan (1833);

3) Eduard (18061871) – fiziolog. Muskulning kuchi uning koʻndalang kesim yuzasiga teng ekanligini, tomir urishi toʻlqinlarining tarqalish tezligini aniqlagan.


Lotin alifbosida maqola: VEBER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELEKTR
FIZIKA
MAGNETIZM
YER
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты