TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — kimyo sanoati korxonasi. Sanoat va qurilish, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, mebel, parket va b. uchun lokboʻyoq mahsulotlari, loklar, boʻyoqlar, pigmentlar, quruq pyx oq boʻyogʻi va b. ishlab chiqaradi. 1945-y. da mineral xom ashyoni qayta ishlaydigan artel negizida tashkil etilgan. 1948-y. dan zdning yangi binosi kurila boshlagan. 1950-y. da smola quyultirish sexi, 1953-y. da emal va quyultirilgan smolaga aralashtirilgan boʻyoq, 1962 yda quruq pyx belilasi, 1965-y. da suvemulsiya boʻyogʻi, 1968-y. da sariq temir oksidli pigment ishlab chiqaruvchi sexlar ishga tushirildi. 1965-y. da zdning ishlab chiqarish quvvati 40 ming t ga yetdi.

1999-y. dan «Toshkent lokboʻyoq zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyati. Ustav fondidagi xorijiy investorlar ulushi 33%ni tashkil etadi. 3dda asosiy 5 ta sexda — kondensatsiya qilingan qatrondan lok tayyorlash sexi, metall idishlar tayyorlash sexi, xalk isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish. sexi, sirbuyok va qotiruvchi moddalar ishlab chiqarish. sexi, temir oksidi (rang beruvchi) va quruq pyx oq boʻyogʻini i. ch. sexlari faoliyat koʻrsatadi.

Korxonada 2000-y. dan boshlab Fargʻona yogʻmoy kti ishlab chiqaradigan glitserin asosidagi lok va sirboʻyoqning yangi xillari oʻzlashtirildi; «Navoiyazot» korxonasida ishlab chiqariladigan akril emulsiyasi asosida suvlidispersiya boʻyoqlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 3dda soya va paxta yogʻi asosida «oksal» alifmoyini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi. Temir kuporosi eritmasini i. ch. boʻyicha yangi texnologiya, shuningdek, mahalliy xom ashyo turlari — yogʻ kislotalari, boʻr, oxradan foydalanib, lokboʻyoq mahsulotlarini ishlab chiqarish. ning yangi texnologiyalari ishlab chiqildi. Mahsuloti chet ellarga eksport qilinadi. Oʻzbekiston — Rossiya «OXIDE» qoʻshma korxonasi tashkil etilgan (2003). Rossiya (Omsk, Ufa)da korxonaning savdo uylari ochilgan.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT LOKBOʻYOQ ZAVODI AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
KIMYO SANOATI
MEBEL SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты