VEBER APPARATI

VEBER APPARATI (nemis olimi E. G. Veber nomi bilan atalgan) — ayrim suyakli baliqlarda suzgich pufagini ichki quloq bilan bogʻlab turadigan, oʻzaro harakatchan tutashgan 4 juft suyakchalar. Veber apparati suzgich pufagi (tovush rezonatori) hajmining oʻzgarishini qabul qilib, uni transformatsiya qiladi va ichki quloqqa oʻtkazadi. Veber apparatiga ega boʻlgan karpsimonlar, laqqalar, xaratsinsimonlar 13 kGs gacha, bu apparatga ega boʻlmagan baliqlar faqat 2,5 kGs gacha chastotali tovushlarni eshita oladi.


Lotin alifbosida maqola: VEBER APPARATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BALIQLAR
ESHITISH
HAVO PUFAGI
QULOQ
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты