TOSHKENT TEMIR YOʻL MUHANDISLARI INSTITUTI

TOSHKENT TEMIR YOʻL MUHANDISLARI INSTITUTI — t. y. transporti va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻrta Osiyo t. y. transporti muhandislari inti sifatida 1931-y. da tashkil etilgan, 1937-y. dan hoz. nom bilan ataladi. Int tarkibida 5 ft: tashish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, iqtisodiyot, elektromexanika, t. y. qurilishi va sirtqi ftlar, magistratura markazi bor. Int qoshida internat litsey faoliyat koʻrsatadi. Intda 17 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar tayyorlanadi. Int qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik boʻyicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning i. t. ishlarida, loyihakonstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Intda 27 kafedra, 60 lab., tayyorlov boʻlimi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 oʻquv yili intda 2800 dan ortiq talaba oʻqidi. Int tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis yetkazib berildi. Int qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bogʻchasi bor. Int RF, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Int faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxoʻjayev, A. Gofman va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.


Lotin alifbosida maqola: TOSHKENT TEMIR YOʻL MUHANDISLARI INSTITUTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
FRANSIYA
YAPONIYA
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты