VEZUVIAN

VEZUVIAN (idokraz) (Vezuviy vulkani nomidan) — orolsimon silikatlar sinfiga mansub mineral. Turi koʻp. Beriyliyli Vezuvian, titanli Vezuvian, magniyli Vezuvian, frugardit, vilyuit, siprin va b. maʼlum. Kimyoviy formulasi CaI0Al4(Mg,Fe)2(OH, F)4[Si04]5|Si207Jr Tetragonal singoniyali. Prizmatik, kristallar, radial tolasimon donachalar. Rangi sargʻish-yashil, qoʻngʻir, sariq, qora (vilyuit), havorang (silrin), kulrang. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5—7. S ogʻ. 3,4. V. skarnlarda (granat, epidot b-n), rogoviklarda, oʻzgargan magmatik jinslarda, gidrotermal yertomirlarda hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda koʻp. Vezuvianning yirik toʻplamlari Chatqol (Sandalash, Gʻovasoy, Chimyon, Kumushkon, Surenota, Sumsar), Qurama (Olmaliq) tizmalarida va Gʻarbiy Oʻzbekistonning W — Mo konlarida (Qoʻytosh, Temirqapigʻ, Langar, Ingichka, Tim, Qoratepa, Saritov) uchraydi. V. Germaniya, Italiya, AQSH, Rossiya va b. joylarda ham maʼlum. Shaffof turlaridan turli buyumlar tayyorlanadi


Lotin alifbosida maqola: VEZUVIAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
ROSSIYA
GERMANIYA
MINERAL
MAGNIYLI QOTISHMALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты