VELYUR

VELYUR (frans. velours — duxoba, lot. villosus — tukli, paxmoq) — 1) toza jun tolalaridan toʻqiladigan kalta tukli gazlama yoki kalta va mayin tukli mato (fetr); movutning bir turi. Velyur tuklari undan tikiladigan buyumlarga kurkam va bejirim koʻrinish beradi. Mayin junli qoʻy (merinos qoʻyi) ning aʼlo navli junini yigirib tayyorlangan tolalardan toʻqiladigan V.-drap juda qadrlanadi. Velyurdan ustki kiyim-boshlar, bosh kiyimlar va b. tikiladi. Koʻpchilik Velyurni baxmal (duxoba) bilan adashtiradi. Velyur baxmaldan toʻqilishi bilan tubdan farq qiladi;

2) bugʻu, choʻchqa, qoʻy va b. mollar terisidan oshlab va xromlab tayyorlanadigan kalta tukli yumshoq baxmalsimon charm — zamsh. Velyur tayyorlashda sirkoniy yoki titan tuzlari ishlatiladi, albuminlar, kraxmallar, oʻsimlik yelimlari ham qoʻshiladi. Nam taʼsiriga chidamli boʻlishi uchun Velyurga alyuminiy yoki xromli sovunlar, silikon bilan ishlov beriladi. V . dan asosan ustki kiyim-bosh va poyabzal tikiladi.


Lotin alifbosida maqola: VELYUR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TITAN
JUN
QOʻY
MAYIN JUNLI QOʻYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты