VENEPUNKSIYA

VENEPUNKSIYA (venalar va lot. punctio — sanchish) — diagnostika (kontrast modda yuborib rentgen qilish) yoki davolash (dori yuborish) maqsadida vena qon tomiriga nina sanchish. Agar venaga punksiya orqali kateter qoʻyilsa, bir necha kungacha dori yuborib turish ham mumkin. Koʻpincha oʻmrov osti va uyqu venalari punksiya qilinadi. Juda zarur hollardagina (ahvoli ogʻir bemorga surunkasiga va koʻp miqdorda qon va b. suyuq dorilar yuborish lozim boʻlganda) Venepunksiya qilish tavsiya etiladi, aks holda punksiya qilingan joy va atrofidagi aʼzolarning shikastlanishi, venaning yalligʻlanishi — flebit, tromboflebit, tromboemboliya kabi asoratlar roʻy berishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: VENEPUNKSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TROMBOFLEBIT
VENALAR
YER
RENTGEN NURLARI
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты