TROMBOFLEBIT

TROMBOFLEBIT (yun. trombos — laxta va plebos—vena) — vena devorining yalligʻlanib, unda tromb hosil boʻlishi. Tromboflebitda koʻproq oyoq venalari zararlanadi. Tromboflebit ayrim infeksion kasalliklar (terlama) yoki venalar shikastlanishi oqibatida, baʼzan tugʻruqdan keyingi asorat sifatida paydo boʻlishi mumkin. Tromboflebitga qon oqishi susayib, qon ivishining kuchayishi va venalar devorining oʻzgarishi sabab boʻladi. Tromboflebit jiddiy kasallik boʻlib, ogʻir asora!larga olib keladi. Ayniqsa, yuzdagi Tromboflebit xavfli, chunki bunda yalligʻlanish jarayoni bosh miyaga tarqalib ketishi mumkin; chanoq venalari Tromboflebiti esa koʻpincha jigarning zararlanishiga olib keladi. Oʻtkir va surunkali, venalarning joylashishiga qarab yuza va chu kur Tromboflebit farq qilinadi. Oyoq chuqur venalarining oʻtkir Tromboflebiti toʻsatdan bir necha soat ichida boshlanadi. Zararlangan vena boʻylab atrofidagi muskullar ogʻriydi, oyoq shishadi, bemorning umumiy ahvoli yomonlashib, harorati koʻtariladi (39° va undan yuqori), eti uvushadi. Kasallikning oʻtkir xuruj davri pasaygandan keyin surunkali shaklga oʻtib ketishi mumkin. Baʼzan venalar yoʻlining toʻsilgancha qolishi oyoqda qon oqishini qiyinlashtirib, shish paydo boʻlishi, venalarning varikoz kengayishit olib keladi.

Yuza venalarning oʻtkir Tromboflebit ida teri osti venalari qattiq ogʻriydi, oyoq shishmasligi ham mumkin. Yalligʻlangan venada ogʻriqli, qattiq tuguncha hosil boʻlib, shu joy terisi qizaradi; gavda trasi koʻtariladi; limfa bezlari kattalashadi. Iloji boricha barvaqt va toʻgʻri davo qilinsa, bemor tezda tuzalib ketadi. Kechiktirilgan hollarda abssess, flegmona kabi ogʻir asoratlar paydo boʻlishi yoki kasallik surunkali tuye olishi mumkin. Oʻtkir Tromboflebitga xos alomatlar paydo boʻlganda mutaxassis vrachga koʻrinish lozim. Massaj qilish (uqalash) yoki maz surtish yaramaydi. Davo kasallik bosqichi va shakliga bogʻliq xrlda olib boriladi; ogʻirroq hollarda operatsiya qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: TROMBOFLEBIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
QON KETISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты