TRAKTOR

TRAKTOR (ing. tractor, lot. traho — tortaman, tashiyman) — dvigatel yordamida xarakatlanuvchi gʻildirakli yoki gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina. T. qurilish, qishloq xoʻjaligi. ishlari va b. ishlarni bajarish, tirkama, oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni tortish va harakatlantirish, muqim (statsionar) mashinalarni ishga tushirish uchun moʻljallangan.

Bugʻ mashinasi oʻrnatilgan birinchi gildirakli Traktor 1830-y. da Angliya va Fransiyada paydo boʻlgan, transport va harbiy ishda ishlatilgan. 1890-y. da AQSH da qishloq xoʻjaligi. ishlarida qoʻllanilgan. Gusenitsali Traktorni Rossiyada D. A. Zagryajskiy (1837) va A. P. KostikovAlmazovlar (1889) ixtiro qilishgan. 1988-y. da rus mexanigi F. A. Blinov bugʻ mashinasi oʻrnatilgan gusenitsali Traktor yasab sinovdan oʻtkazgan. 1895-y. da rus ixtirochisi Ya. V. Mamin ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan oʻziyurar gildirakli arava ixtiro qilgan. AQSHdagi «XartParr» (HartParr) firmasi 1901-y. dan boshlab ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan gʻildirakli Traktor ishlab chikara boshladi. 1912-y. dan AQSHda, keyinchalik Germaniya va b. mamlakatlarda gusenitsapi Traktor ishlab chiqarila boshlandi. Oʻzbekistonda 1967-y. Toshkent traktor zdida paxtaga modifikatsiya qilingan gʻildirakli Traktorlar ishlab chikarila boshladi.

Yurish qismining tipiga qarab, qishloq xoʻjaligi. va sanoatda ishlatiladitan Traktorlar farqlanadi. Traktorni yaratish va ishlab chiqarish. tipaj (namuna) tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Standartga muvofiq, tipaj tizimi quyidagi tortish sinflari (modellari)ga bulingan: 0,2; 0,6; 0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8; 10; 15; 25; 35; 50. Bundan 0,2—8 gacha tortish sinfdagi Traktorlar, asosan, qishloq xoʻjaligi. da qolganlari sanoatda ishlatiladi. Ular orasida aniq farq qilinmaydi, chunki sanoat T. larining ayrimlari qishloq xoʻjaligi. Traktor lari asosida ishlab chiqariladi. Q. x. T. larining oʻziga xos xususiyati shundaki, ular qishloq xoʻjaligi. dagi texnologik jarayonlarning agrotexnik talablariga moye boʻladi; sanoat Traktor larining oʻziga xos xususiyati ekinlarni sugʻorish va botqoqliklarni quritish hamda yoʻllar qurish va b. ishlarida ishlatiladigan maxsus jihozlar (buldozer, trelyov oʻrnatiladigan va b.) ning mavjudligi hisoblanadi.

Gusenitsali Traktorning yurish qismi oʻrmalovchi gusenitsa (zanjir) bilan jiqozlangan. Gusenitsalarning tayanch sirti katta, tuproqqa solishtirma bosimi kam, tuproq bilan yaxshi tishlashadi. Shu tufayli tortish kuchi katta, kam shataksiraydi, oʻtish qiyin joylarda yura oladi. Biroq gʻildirakli Traktorga nisbatan manyovrchanligi hamda turgʻunligi past boʻladi. Gʻildirakli Traktor manyovrchan, universal, yengil, ishlatish oson. Uning yoʻl tirqishi katta boʻlgani uchun ekinlarga zarar yetkazmay yura oladi. Ekin qator oralariga qarab bir oʻqdagi gʻildiraklar orasini oʻzgartirish mumkin. Toʻrt gʻildirakli Traktor larda 2 ta yoki 4 ta gʻildirak yetakchi, uch gʻildiraklarda 2 ta gʻildirak yetakchi boʻlishi mumkin.

Q. x. T. lari umumiy ishlarga moʻljallangan (tuproqqa yoppasiga ishlov berish, ekish va b. uchun), universal chopiq (egatlar orasiga ishlov berish uchun); maxsus (bogʻpoliz, tokzor va b. uchun) xillarga boʻlinadi. Umumiy ishlarga moʻljallangan Traktor yer haydash, ekin ekish, yoppasiga kultivatsiya qilish, yigʻimterim va b. ogʻir ishlarda qoʻllaniladi. Dvigateli kuchli, tortish kuchi katta, yoʻl tirqishi kichik boʻladi. Universalchopiq Traktor, asosan, chopiq qilish va hosilni yigʻishda ishlatiladi. Tortish kuchi umumiy ishlarga moʻljallangan Traktor larnikidan kichik, yoʻl tirqishi ancha katta boʻladi. Uzatmalar soni koʻp, gʻildiraklar orasini qator oralarining kengligiga moslab oʻzgartirish mumkin. Maxsus Traktor universalchopiq yoki haydov Traktorlari asosida yaratiladi va, asosan, yurish qismining tuzilishi bilan farklanadi. Mas., paxtachilikka moslashtirilgan TTZ60.11 yoki TTZ80.11 tipidagi Traktor larda bitta oddingi va ikkita yetakchi ketingi gʻildiraklar boʻladi, ketingi koʻprik esa teleskopik qilib yasaladi.

Traktor qismlari: ostov (koʻtaruvchi qism), dvigatel, transmissiya, yurish kismi, boshqarish mexanizmi, ish va yordamchi jihozlar. Dizelli ichki yonuv dvigateli (q. Dizel) oʻrnatilgan Traktor koʻp tarqalgan. Bunda dizel yonilgʻisining issiqlik energiyasi tirsakli valni, undan butun mashinatraktor agregatini harakatga keltiradi. Transmissiya dvigateli ing mexanik energiyasi (aylantiruvchi moment, aylanish chastotasi) ni harakatlantirgichlar (yengil gʻildiraklar yoki yulduzchalar) ga uzatadi. Transmissiyaning asosiy elementlari: tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, asosiy va oxirgi uzatmalar, burish mexanizmi. Tishlashish muftasi yordamida dvigatel transmissiyadan ajratiladi va unga oxista ulanadi. Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish kuchining kattaligi hamda yoʻnalishini oʻzgartiradi. Asosiy uzatma boʻylama vallardan harakatni koʻndalang vallarga uzatadi hamda umumiy uzatish sonini oshiradi. Oxirgi uzatma (silindrik reduktorlar) aylanish chastotasini oxirigacha pasaytiradi va yetakchi gʻildiraklar yoki yulduzchalarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni oshiradi, kerakli yoʻl tirqishini hosil qilishga yordam beradi. Traktorning burish mexanizmi (gʻildirakli Traktorda — differensial, gusenitsali Traktorda — friksion muftalar yoki planetar mexanizmlar) yurish qismining yetakchi elementlariga turli tezliklarda aylanish imkonini beradi; bu esa Traktorga egribugri yoʻllarda harakatlanishga imkon beradi. Yurish qismi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantiradi, shuningdek, Traktordan tushgan yukni tuproqqa uzatadi va bu bilan Traktorning manyovrchanligini oshiradi. U yoʻnaltiruvchi gʻildiraklar yoki zanjirni harakatlantirgichlar va yurish qismlarini Traktorning ostoviga biriktiruvchi elementlardan iborat. Boshqarish mexanizmi (rul boshqarmasi, tormozlar) alohida agregatlarni ham, butun Traktorni ham boshqarishni taʼminlaydi. Zamonaviy Traktor haydovchining mehnatini yengillashtirish uchun gidravlik, pnevmatik va mexanik kuchaytirgichlar bilan jihozlangan; shuningdek, ish oʻrnida kerakli sanitariyagigiyena sharoitlari yaratilgan. Ish jihozlariga tirkash qurilmalari, oʻrnatma tizimlar, quvvat olish vali, harakatlantirish shkivi, harakat tezliklarini kamaytirish uchun sekinlashtirgich, differensialni blokirovkalash tizimi, yoritish tizimi va signalizatsiya, yetakchi gʻildiraklarni vazminlashtirgich, tekshirishoʻlchash apparatlari va b. kiradi. Traktorning konstruksiyalari materiallar hajmini kamaytirish, dvigatelning quvvati va ish tezligini oshirish, Traktorning tortish sifatini, shuningdek, mexanizatorlarning sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takomillashtirilmoqda.

Toshkent traktor zdida qismlar komplekti Xitoydan keltirib yitiladigan quvvati 30 o. k. ga teng boʻlgan dvigatel oʻrnatilgan BY30402 va BY300 rusumli, quvvati 80 o. k. ga teng boʻlgan dvigatel (Belorussiyadan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ8010 va TTZ8011 rusumli, quvvati 60 o. k. ga teng boʻlgan dvigatel (Vladimir sh. dan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ6010 va TTZ6011 rusumli, quvvati 100 o. k. ga teng boʻlgan dvigatel («Kamens» firmasidan keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZYUOK10 va TTZYUOK11 rusumli Traktorlar ishlab chiqarilmoqda. BY300 va BY3042 rusumli Traktor dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun moʻljallangan boʻlib, ular «Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding» kompaniyasida ishlab chiqariladigan PN230 plugi, MOʻS0,18 mineral oʻgʻit sochgichi, PPO2 sabzavot urugʻlarini sepgich, FYC02 frontalyuklagich, NO2,1 meliorativ qurollar, R 0.1 V rotatsion motiga, BZTX. OOOSB tishli boronalar agregatlanishi mumkin. TTZ100K11, TTZ8011, TTZ6011 rusumli Traktorlar paxtachilik T. lari boʻlib, qator oralari keng maydonlarda gʻoʻzaga ishlov berish va paxtani terib olish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirishda oʻrnatma, yarim oʻrnatma, tirkama mashinalar va ish qurollari bilan agregatlash uchun moʻljallangan. TTZ100K10, TTZ8010, TTZ6010 rusumli Traktorlar universalchopiq Traktorlari boʻlib, turli xil qishloq xoʻjaligi. ishlarini bajarishga moʻljallangan; ularga oʻrnatma uskunalar, tirkama mexanizmlar va b. ish qurollari tirkalishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TRAKTOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
FRANSIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ICHKI YONUV DVIGATELI
DVIGATEL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты