VERTIKAL DRENAJ

VERTIKAL DRENAJ — q. x. yerlarini drenaj qilish turi; sugʻoriladigan yerlarning optimal meliorativ rejimini taʼminlash maqsadida yer osti suvlarinn soʻrib olishi uchun nasoslar b-n jihozlangan burgʻi quduqlari sistemasi. Oʻrta Osiyodagi sugoriladigan dehqonchilik mintaqalarida Vertikal drenaj tuproqning shoʻrlanishi va zax bosishiga qarshi qoʻllanilddi. Vertikal drenajning shoʻrsizlantirish samarasi shoʻr yuvish, vegetatsion suyurish, tuproq-grunt aeratsiyasi va tuproq qoplami zonasidan erigan tuzlarni yer osti suvlarining chuqurroq gorizontlariga tushirish yoki ularni sugʻoriladigan hudud chegarasidan tashqariga chiqarib yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Vertikal drenaj gorizontal drenaj kam samara beradigan, tuproq qatlami suvni sust oʻtkazadigan, yer osti suvlarining bosimi katta boʻlgan qatlamlarda quriladi. Vertikal drenaj birinchi marta 20-a. boshida AQSHda qoʻllanilib, «kaliforniya drenaji» nomini oldi. Hoz. davrda Vertikal drenaj sugʻorma dehqonchilik rivojlangan Jan,-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. OʻzRda birinchi marta melioratsiyaning bu usuli 1928—30 y. larda Mirzachoʻlda sinab koʻrildi, 1960-y. dan boshlab shu joydagi xoʻjaliklarda koʻplab qurildi. Keyinchalik Vertikal drenaj Oʻzbekistonda Markaziy Fargʻona, Qarshi, Surxon-Sherobod va Jizzax choʻllari-ni oʻzlashtirishda, Turkmanistan, Tojikiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjonda keng qoʻllanildi. Quduqning chuqurligi hududning litologik tuzilishiga qarab 30 dan 100 m gacha, diametri 1000 mm gacha, suv sarfi maydonning gidrogeologik sharoitiga bogʻliq boʻlib, 15 l/s dan 200 l/s gacha boʻlishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: VERTIKAL DRENAJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YER SHOʻRINI YUVISH
XITOY
GORIZONTAL DRENAJ
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты