TRANSPORT (lot. transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish. tarmogʻi, yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi.
Quyidagi Transportlar mavjud: yer usti Transporti (t. y., avtomobil, quvur yoʻllari), suv T. i (dengiz va daryo), havo T. i (aviatsiya). Vazifasiga koʻra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) T. iga vaumumiy foydalaniladigan Transportga boʻlinadi. BuT. turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlarxam mavjud. Vazifasi xususiyatiga koʻra, Transport yoʻlovchilar va yuk tashuvchi Transportga boʻlinadi. Ichki ishlab chiqarish. transporti bevosita moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish. jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish. vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan Transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish. da muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan Transportning moddiy ishlab chiqarish. tarmogʻi sifatida paydo boʻlishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq.
Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport 19-a. ning oxirida paydo boʻldi, 20-a. ning 20-y. larida qisqa masofaga yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirib, t. y. va daryo Transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo Transporti 20-a. ning 1-choragida vujudga keldi.
20-a. da jahon transporti tizimi juda kjsaldi. Rivojlangan mamlakatlarda Transport tizimlarining barcha Transport turlari (AQSH, Kanada) yoki ayrim Transport turlari (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya) ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.
20-a. boshlariga qadar Oʻzbekistonda yuk va yoʻlovchilar, asosan, t. y., otulov Transport larida, tuya, xachir va b. yuk tashuvchi hayvonlarda tashilgan. 20-a. ning 20-y. laridan avtomobil va xavo Transporti, yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat Transporti vujudga keldi. 80-y. lar oxiriga kelib respublika T. ining moddiytexnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xoʻjaligi. da ishlab chiqarish. ning oʻsishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiytexnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yoʻlovchilar tashish hajmlari ham orta bordi.
Respublika mustakillikka erishganidan keyin Transportning xalq xoʻjaligiga va ahrliga xizmat koʻrsatishini tubdan yaxshilash va Transportni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasi (1992-y. 28 yanv.), «Oʻzbekiston avtomobil transporti» davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993-y. 8 yanv.), «Oʻzbekiston temir yoʻllari» davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994-y. 7 noyab.) va b. idoralar tashkil etildi. Mamlakatda Transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xoʻjaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yoʻlovchilar tashuvchi Transportning barcha turi — t. y., avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay,, trolleybus, metropoliten), daryo Transporti, quvur yoʻllari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari — t. y, avtomobil, tasmali. transport, osma arqon transporti rivoj topgan (yana q. Avtomobil transporti, Daryo transporti, Dengiz transporti, Havo transporti, Temir yoʻl transporti, Shahar transporti).
Respublikaning Transport tizimi t. y., avtomobil yoʻllari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan t. y. vokzallari, styalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, gʻavo flotining yirik aerovokzallari va b. infratuzilma boʻlinmalarini qamraydigan xalq xoʻjaligi kompleksini tashkil etadi.