TRAPETSIYA

TRAPETSIYA (yun. trapezion — stolcha) — ikki qaramaqarshi tomoni parallel toʻrtburchak. Odatda, qolgan ikki tomoni parallel emas deb oʻrganiladi. Trapetsiyaning parallel tomonlari Trapetsiyaning asoslari, parallel boʻlmagan tomonlari esa uning yon tomonlari deyiladi. Yon tomonlari ning oʻrtalarini A tutashtiruvchi kesma T . ning oʻrta chizigʻi deyiladi. U T. asoslariga parallel va asoslari yigʻindisining yarmiga teng. Trapetsiya asoslari orasidagi masofa T. ning balandligi deyiladi. Yon tomonlari teng boʻlgan Trapetsiya teng yonli Trapetsiya deyiladi. TengyonliT. ga tashki aylana chizish mumkin. Tent yonli T. simmetriya oʻkiga ega. Trapetsiyaning yuzi asoslari uzunliklari yigʻindisining yarmi bilan balandligining koʻpaytmasiga teng. Trapetsiya yon tomonlarining davomlari kesishgan nuqtani uning diagonallari kesishgan nuqta bilan tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq T. ning asoslarini teng ikkiga boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: TRAPETSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROMB
TOSHKENT
Bojalar guruhi - Yarim baxt
TOʻGʻRI TOʻRTBURCHAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты