VIBRATSION TOʻQMOQ

VIBRATSION TOʻQMOQ, titrama toʻqmoq — yerga yogʻoch, metall va temir-beton qoziqlarni, qoziqoyoqlar, quvurlar, ustunlar va b. ni qoqish hamda sugʻurib olish uchun moʻljallangan zarbiy-titrama mashina. V. t. ning titrama ish organi qoqiladigan qoziqning kallagiga prujinali osma orqa-li bogʻlangan boʻladi, shuning uchun qoziqqa titrama taʼsir qilish bilan birga unga davriy zarb impulslarini berib, uning yerga botishini jadallashtiradi. Titrama ish organining muhrasi qoziqning kallagiga zarbiy taʼsir koʻrsatadi. Vibratsion toʻqmoq bir dvigatelli va ikki dvigatelli boʻlishi mumkin. Vibratsion toʻqmoqdan muzlagan materiallarni yum-shatishda, yerni shibbalash da ham foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRATSION TOʻQMOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
SHIBBALASH MASHINASI
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
TEMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты