VIBRATSIYA

VIBRATSIYA (lot. vibratio — tebranish, titrash) , titrash — elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya mashinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali Vibratsiya texnologik operatsiyalarda (vibratsion tashishda, vibratsion kesishda, betonni zichlashda), mashina va qurilmalar (vibrobolgʻalar, qoziq qoqqichlar)da foydalaniladi. Zararli Vibratsiya transport harakatlanganda, mashina va asboblar ishlaganda paydo boʻladi; ular konstruksiyalarni buzishga olib keladi, inson sogʻligʻiga zararli taʼsir qiladi (q. Vibratsiya kasalligi). Zararli Vibratsiyani kamaytirish uchun vibroizolyatsiya usuli qoʻllaniladi, dinamik soʻndirgichlar va b. dan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
VIBROIZOLYATSIYA
VIBRATOR
VIBRATSIYA TEXNIKASI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты