VIBRATSIYA TEXNIKASI

VIBRATSIYA TEXNIKASI — mexanik tebranishlar (titrashlar, vibratsiyalar)ni hosil qilish usullari va vositalari majmui; shuningdek titrashlarni boshqarish, ulchash, nazorat qilish va zararli titrashlar bilan kurashish usullari. Vibratsiya texnikasi vositalariga foydali ishlar (mas., grunt, beton qorishmalarni zichlash, inshoot va apparatlarni sinash ishlari)ni bajarish uchun ataylab hosil qiladigan vibratsiya mashinasi, vibratsiya stendlari, asboblar, apparaturalar, qurilmalar; titrashlarni boshqaradigan va ularni oʻlchaydigan apparatlar; titrashga qarshi texnika vositalari, yaʼni zararli titrashlarni soʻndirish, izolyatsiyalash qurilmalari kiradi.

Vibratsiya texnikasi vositalarining ish organlari yuritmasini titratishning eng keng tarqalgan turi markazdan qochma usulda, porshen, krivoshin-shatun yordamida titratish hisoblanadi. Vibratsiya texnikasida vibratsiya parametrlari (siljishlar, tezliklar va tezlanishlar, chastota, faza, amplitudalar)ni oʻlchash bilan vibrometriya shugʻullanadi. U idya vibrometr va akselerometr kabi asboblardan foydalaniladi.

Vibratsiya texnikasining masalalaridan biri insonlar, asboblar, mashina va inshootlarni titrashning zararli taʼsirlaridan himoya qilish hisoblanadi. Buning uchun qoʻshimcha energiya manbalarini talab qilmaydigan odatdagi passiv vibro-izolyatsiyadan tashqari statik va dinamik muvozanatlash usullari, inersiyali hamda elastik parametrlar va b. qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VIBRATSIYA TEXNIKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI
ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH
YER
OʻLCHASH TEXNIKASI
PORSHEN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты